Oʻzbekiston geografiya jamiyati aʼzolarining navbatdan tashqari yigʻilishi
boʻlib oʻtdi va bunda jamiyat yangi raisi tayinlandi. Iqtisod fanlari falsafa
doktori (PhD) Oybek Kabiljanovich Norinbayev bir ovozdan Oʻzbekiston Geografiya
jamiyati raisi etib saylandi.
Oʻzbekiston geografiya jamiyati 120-yildan ortiq tarixiga ega boʻlib,
geografik tadqiqotlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish, geograflarning
ilmiy asarlarini nashr etish, va geografik bilimlarni targʻib qilish kabi muhim
vazifalarni bajarib kelmoqda, jamiyat tomonidan oliy oʻquv yurtlari bilan
hamkorlikda qator xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etilmoqda.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Geografiya jamiyati tomonidan yirik ilmiy-tadqiqot
loyihalari va ommabop ilmiy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Oybek Kabiljanovich Norinbayev 2018-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari lavozimida mehnat faoliyatini
olib borgan, bunga qadar respublikamizning bir qator tijorat banklarida
samarali mehnat qilib, Qishloq qurilish bank hamda Asaka bankda rais
oʻrinbosari lavozimlarida, shuningdek, Oʻzmilliybankda turli rahbar
lavozimlarida ishlab kelgan.
Xalq
so‘zi gazetasi
16.08.2021
Izohlar